Mufaddal ibn Saʼd al-Mafarruxiy — eroniy tarixchi, arab tilida yozilgan „Kitob Mahasin Isfahon“ („Isfahon goʻzalliklari kitobi“) asarining muallifi. Mafarruxiy nomi bilan tanilgan. Ushbu asar vatani Isfahonning mahalliy tarixiga bagʻishlangan. Zamonaviy tarixchilarning aksariyati Mafarruxiy oʻz asarini Saljuqiylar sultoni Malikshoh () hukmronligi davrida yozgan degan fikrda.

Mafarruxiyning hayoti haqida juda kam maʼlumot saqlanib qolgan. U Isfahonning nufuzli oilalaridan biriga mansub boʻlgan hamda oʻz nasabini islomdan avvalgi Sosoniylar imperiyasi (224—651) zodagonlariga bogʻlagan (yoki shunday deb taʼkidlagan). Oilasi ehtimol Isfahon atrofida yer-mulkka egalik qilgan. Mafarruxiyning ota tomondan bobosi Abu Muslim Tohir ibn Muhammad boʻlib, u mashhur Buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davla () saroyidagi shoirlardan biri edi. Mafarruxiyning ona tomondan bobosi Abu Hasan al-Andaʼoniy boʻlib, Isfahon hokimi bilan aloqador shaxs boʻlgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:11-asr eroniy tarixchilari Turkum:Isfahonlik yozuvchilar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Oʻlgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:Saljuqiylar davlati ulamolari