Milk and Honey ( Xalav U’Dvash) isroillik vokal guruh edi. Dastlabki tarkibi Shmulik Bilu, Reuven Gvirtz, Yehuda Tamir va Gali Ataridan iborat edi. Ular „Xalleluya“ qoʻshigʻi bilan Isril nomidan 1979-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etib, gʻalaba qozonishgan.
Tarixi Guruh 1978-yilda prodyuser Shlomo Zax va bastakor Kobi Oshrat tomonidan, ham Hakol Over Habibi, ham Yardena Arazi Oshratning „Xalleluya“ qoʻshigʻini ijro etish taklifini rad etgach, 1979-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun Isroil milliy saralashida tuzilgan. Milk and Honey oxir-oqibat milliy saralashda gʻolib boʻldi va keyinchalik 1979-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ham gʻalaba qozondi. „Xalleluya“ Buyuk Britaniya singllar reytingida 1979-yil aprel oyida 5-oʻringa chiqqan. Guruhning yana bir xalqaro xiti — „Goodbye New York“ qoʻshigʻi edi.
Qoʻshiq tanlovidan bir yil oʻtib, Atari Milk and Honey tarkibidan ketdi va 1981-yilda uning oʻrniga Lea Lupatin keldi. Oʻsha yili Atari Zaxni toʻlanmagan royaltilar uchun sudga berdi. 1994-yilda Isroil sudi Atarining foydasiga qaror chiqarib, Zaxni royaltilarni toʻlashga majbur qildi. Keyinchalik, 2003-yilda Zax va uning hamkorlari Oshrat ustidan daʼvo arizasi bilan chiqib, Oshrat ham guruhning sherigi boʻlganligi sababli Atariga toʻlovlarda oʻz hissasini qoʻshishi kerak edi, deb taʼkidlashdi. Ushbu sud ishi 2009-yilda mediasiya yoʻli bilan hal qilindi.
Milk and Honey milliy finalda yana ikki marta qatnashgan; ular 1981-yilda „Serenada“ qoʻshigʻini ijro etib, toʻrtinchi oʻrinni, 1989-yilda esa „Ani Maʼamin“ qoʻshigʻi bilan sakkizinchi oʻrinni egallashgan. Gvirtz va Tamir 1988-yilda Isroilning Eurovision qoʻshiq tanlovi uchun tanlangan ishtirokchisiga hamroh boʻlishgan.
Shmulik Bilu 2023-yil 31-dekabr kuni Tel-Avivdagi Ichilov kasalxonasida 71 yoshida vafot etdi.
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari