Bojana Stamenov (; 1986-yil 24-iyunda tugʻilgan) — serbiyalik xonanda va musiqachi. U soul, jazz hamda R&B yoʻnalishlarida ijod qilgan boʻlib, „Beauty Never Lies“ qoʻshigʻi bilan Avstriyaning Vena shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2015“ tanlovida Serbiya sharafini himoya qilgan va yakunda 10-oʻrinni egallagan.

U shuningdek, Belgraddagi Boško Buha teatrida bolalar uchun sahna chiqishlarida ham ishtirok etgan. Stamenovning ilk yakkaxon konserti Belgraddagi Sava Centar majmuasida 13-iyun kuni boʻlib oʻtganBoјana Stamenov 13. јuna u Sava sentru , pristupљeno: 29. maј 2015.. Shu davrda u oʻzining debyut albomi ustida ishlayotgani va barcha qoʻshiqlar ingliz tilida boʻlishini maʼlum qilganBoјana Stamenov snima album na engleskom , pristupљeno: 29. maј 2015..

Ja imam talenat! 2012-yilda Stamenov „Ja imam talenat!“ („Menda isteʼdod bor!“) shousining uchinchi mavsumida ishtirokchi sifatida qatnashgan. Bu loyiha „Got Talent“ formatining Serbiyadagi versiyasi hisoblanadi.

Dastur davomida u uchta qoʻshiq ijro etgan: Chaka Khan — „I Feel for You“ James Brown — „It's a Man's Man's Man's World“ Aretha Franklin — „Think“

Diskografiyasi Singlllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom AUT BEL (FL) ICE „Ceo svet je moj / Beauty Never Lies“ 2015 55 88 28

Duetdosh sifatida Nomi Yil Albom „Ludi i mladi“(Aleksa Jelić va Bojana Stamenov) 2011 Javna tajna "I Feel Free " (Foam Fest Anthem 2012)(Deejay Playa va Bojana Stamenov) 2012 rowspan="3" „Spinninʼ (Original Mix)“(Pookie va Bojana Stamenov) „Thereʼs No Need to Be Shy“(Pookie va Bojana Stamenov) 2013 Manbalar

Havolalar

Turkum:Belgradda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Yashayotgan insonlar