Michael von der Heide (1971-yil 16-oktyabr) — shveysariyalik musiqachi, xonanda va aktyor.
Yoshligi Von der Heide olmon millatiga mansub ota va shveysariyalik onaning oilasida dunyoga kelgan.
Eurovision qoʻshiq tanlovi Eurovision qoʻshiq tanlovi 1999 1999-yilda Von der Heide Germaniyaning milliy saralash bosqichida „Bye Bye Bar“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etib, yakunda beshinchi oʻrinni egalladi hamda „Eurovision qoʻshiq tanlovi 1999“ Germaniya nomidan qatnashish imkoniyatini qoʻlga kirita olmadi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2009 Von der Heide tanlovda Shveysariya hayʼati aʼzolaridan biri sifatida qatnashgan.
Eurovision qoʻshiq tanlovi 2010 2009-yil 18-dekabrda Von der Heide „Eurovision qoʻshiq tanlovi 2010“da „Il pleut de l'or“ taronasi bilan Shveysariya sharafini himoya qilishi eʼlon qilingan. U ikkinchi yarim final bosqichida ishtirok etgan, biroq 17 ta ishtirokchi ichida 2 ochko bilan eng oxirgi oʻrinni egallab, final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.
Shaxsiy hayoti 2010-yilda Shveysariya Federal sudi tomonidan Von der Heideni foydasiga 5 000 Shveytsariya franki miqdorida jarima undirib berish haqida qaror chiqarilgan. Sud Syurixda joylashgan „Blick“ nashrining xonandaning musiqiy faoliyati haqidagi maqolalarida gomofobik qarashlar mavjud deb topgan. U oʻz intervyularida shaxsiy hayotini jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilishga ehtiyoj sezmasligini taʼkidlab oʻtgan.
Diskografiyasi Albomlari Yil Nomi Chartlardagi eng yuqori oʻrni SWI AVS GER 1996 Michael von der Heide − − − 1998 30° 18 − − 2000 Tourist 5 − − 2001 Hildegard − − − 2002 Frisch 44 − − 2003 Helvetia − − − 2005 2pièces 72 − − 2008 Freie Sicht 39 − − 2011 Lido 25 − − 2015 Bellevue 19 − − 2016 Paola 22 − − 2019 Rio Amden Amsterdam 24 − − 2020 Echo 17 − − 2021 Echo (Live) − − − 2023 Nocturne 9 − − 2024 Noël Noël 7 − − 2025 Michael von der Heide singt Knef 45 − −
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amdenda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Shveysariyalik qoʻshiqchilar