Lise Haavik (1962-yil 23-fevralda tugʻilgan) — norvegiya va daniyalik xonanda. U 1986-yilda Daniya sharafini „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida himoya qilgan. Shuningdek, u sobiq turmush oʻrtogʻi John Hatting bilan tuzgan Trax dueti aʼzosi sifatida ham oʻz mamlakatida mashhurdir.

Biografiyasi Yoshligi Lise Haavik 1962-yil 23-fevralda Norvegiyaning Narvik shahrida tugʻilgan. U 1982-yilda iqtisodiyot yoʻnalishida tahsil olish uchun Daniyaga koʻchib oʻtib, Odense universiteti hamda Kopengagen biznes maktabida oʻqigan. 1983-yil oxirida u John Hatting bilan hamkorlik qila boshlagan va tez orada ular turmush qurgan. Shundan soʻng Haavik musiqiy faoliyatiga toʻliq eʼtibor qaratib, iqtisodiyot boʻyicha oʻqishini toʻxtatgan.

Musiqiy faoliyati Daniyaga koʻchib kelganidan bir yil oʻtgach, Haavik haftalik „Se & Hør“ („Koʻr va eshit“) jurnalining havaskor qoʻshiqchilar tanlovida ishtirok etib, ikkinchi oʻrinni egallagan. Koʻp oʻtmay, 1983-yil oxirida u John Hatting bilan tanishgan. Hatting ovoz yozish kompaniyasi orqali duet tuzish uchun ayol xonanda izlayotgan edi va kompaniya unga Haavikni tavsiya qilgan. Natijada ular Trax duetini tashkil etgan.

Haavik 1986-yilda „Du er fuld af løgn“ („Sen yolgʻonga toʻlasan“) qoʻshigʻi bilan Norvegiyaning Bergen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-1986“ tanlovida Daniya sharafini himoya qilgan. Tanlovda ikkala hamkor ham qatnashgan boʻlsa-da, sahnada faqat Haavik qoʻshiq ijro etgan va ijrochi sifatida qayd etilgan. John Hatting esa qoʻshiq bastakori sifatida eʼtirof etilganEurovision Song Contest 1986 (3 May 1986). Danmarks Radio..

Qoʻshiq tanlovda muvaffaqiyat qozonib, 20 ishtirokchi orasida 6-oʻrinni egallagan. Bu Haavikning „Eurovision“dagi yagona ishtiroki boʻlib qolgan. U avval 1984 va 1985-yillarda Daniya vakili boʻlishga urinib koʻrgan, biroq muvaffaqiyat qozona olmagan. Shuningdek, 1988-yilda Norvegiya vakili boʻlish uchun ham saralashda qatnashgan.

Haavik musiqiy faoliyatini davom ettirgan. Uning eng soʻnggi ishlari qatoriga 2007-yilda chiqarilgan ingliz tilidagi „Cry Me a River“ qoʻshigʻi kiradiCry Me a River at Yahoo! Music .

Manbalar

Havolalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari