Roko Blažević (2000-yil 10-martda tugʻilgan) — Roko taxallusi bilan tanilgan xorvatiyalik pop janrida ijod qiluvchi xonanda. U „The Dream“ qoʻshigʻi bilan „Dora 2019“ milliy saralashida gʻolib chiqqan va Tel-Aviv shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2019“ tanlovida Xorvatiya sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega chiqqan.

Yoshligi Blažević Split shahrida tugʻilgan. Uning onasi Marija Saratlija-Blažević xonanda, otasi Mario Blažević esa klapa janridagi qoʻshiqchi hisoblanadi. Uning ukasi kontrabas chaladi. Roko Blaževićning sobiq qiz doʻsti Andrea Aužina ham „Zvijezde“ tanlovi hamda „The Voice Hrvatska“ musobaqasining uchinchi mavsumida ishtirok etgan.

Karyerasi 2017-yil iyul oyida Blažević Serbiyadagi „Pinkove Zvezdice“ realiti-shousida gʻolib boʻlgan. 2018-yil dekabr oyida esa Xorvatiyadagi „Zvijezde“ musiqiy loyihasida ikkinchi oʻrinni egallagan.

2019-yil 16-fevralda u „The Dream“ qoʻshigʻi bilan „Dora 2019“ milliy saralash tanlovida gʻolib chiqib, keyinchalik Tel-Aviv shahrida oʻtkazilgan „Eurovision-2019“ tanlovida Xorvatiya sharafini himoya qilgan. Biroq ikkinchi yarim finaldan oʻta olmagan va 64 ball bilan 14-oʻrinda qolgan.

2024-yil 1-iyun kuni u Klapa More bilan birgalikda AQShning Kaliforniya shtatidagi Manhattan Beach shahrida konsert bergan. Ushbu chiqish Xorvatiya madaniy merosi oyligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan.

Diskografiyasi Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasi Albom CROPeak positions in Croatia: For „The Dream“: For „Božić nam dolazi“: "Podsjećaš na ljubav"2018 — rowspan="4" "The Dream" 20191"Krila" —"Božić nam dolazi" 202013

Manbalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari