Ami Aspelund (asl ismi Anne-Marie Aspelund; 1953-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — finlandiyalik xonanda. U xonanda Monica Aspelundning singlisidir.

Karyerasi Ami Aspelund Finlyandiyaning Vaasa shahrida tugʻilgan. U oʻzining ilk singli — „Apinamies“ni 1973-yilda chiqargan. Ushbu qoʻshiq Jungle Jim ijro etgan „Big Fat Orang Uman“ qoʻshigʻining fin tilidagi talqini hisoblanadi.

Aspelund 1981-yilda Rostok festivalida ishtirok etgan. 1983-yilda esa Kari Kuusamo bastalagan va Kaisu Liuhala soʻzlarini yozgan „Fantasiaa“ („Fantaziya“) qoʻshigʻi bilan Myunxenda oʻtkazilgan „Eurovision-1983“ tanlovida Finlyandiya sharafini himoya qilgan. U tanlovda 41 ball toʻplab, 11-oʻrinni egallaganEurovision World Website https://eurovisionworld.com/eurovision/1983.

1985-yilda Aspelund Knokke qoʻshiq tanlovida ham qatnashgan.

Uning debyut albomi 1974-yilda nashr etilgan. Shundan buyon u koʻplab albomlar chiqargan hamda qoʻshiqlarini ham fin tilida, ham ona tili boʻlgan shved tilida ijro etgan.

Diskografiyasi

Albomlari Ami (1974) Credo — minä uskon (1975) Karibu (1975) Yön jälkeen (1976) Cascade (1976) Fågel blå (1978) Sinilintu (1978) Tänään huipulla (1982) Fantasy dream (1983) Framtidens skugga (1983) Fenor och vingar (1986) Rio Herne (1994) Sylvian paluu (1997) Sylvias återkomst (1996) 20 suosikkia tänään huipulla (2000) Ami Live! (2005) Pärlor (2005) På resa! (2008)

Singllari „Apinamies“ / „Bumerangi“ (1973) „Waterloo“ / „Kun pois hän on“ (1974) „Tänään huipulla“ / „Tiedä mitä tahdot“ (1974) „Mä halusin niin“ / „Suukkosuma“ (1975) „Päivä kaunein on tullut“ / „Nuoruuteni on ohi“ (1975) „Koska sun taas nähdä saan“ / „Ja rakastan vielä“ (1975) „Chanson d’amour“ / „Onnen hetket“ (1977) „Vapaana“ / „Ihmeiden aika“ (1977) „Sinilintu“ / „Charleston“ (1978) „Fågel blå“ / „Charleston“ (1978) „Fågel blau“ / „Der erste Flug“ (1982) „Mitt äppelträd“ / „Fågel blå“ (1982) „You are my life“ (Ami Aspelund ja Jokke Seppälä) / „Flight 205“ (Jokke Seppälä) (1982) „Rakkaudesta ystävyyteen“ / „Tahtoo lisää“ (1983) „Fantasiaa“ / „Fantasy dream“ (1983) „Clown“ / „Private secretary“ (1983)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Finlandiyalik qo'shiqchilar