Sulton Qaytbay sabil-kuttabi Mamluk davriga oid xayriya inshooti va binosi boʻlib, Misrning Qohira shahrida joylashgan. U 1479-yilda sulton al-Ashraf Qaytbay buyrugʻi bilan qurilgan va Qohiraning tarixiy tumanlaridagi Saliba koʻchasida joylashganBehrens-Abouseif, Doris. 2007. Cairo of the Mamluks: A History of Architecture and its Culture. Cairo: The American University in Cairo Press..

Bino birinchi qavatda sabildan (suv tarqatish joyi) va yuqori qavatlarda Qur’on oʻrgatiladigan boshlangʻich maktab — kuttabdan iborat. Inshoot ostida, yer tagida, sabil uchun suv olinadigan suv hovuzi (siston) joylashgan. Bu inshoot Qohirada qurilgan birinchi alohida turgan sabil-kuttab boʻlib, keyinchalik Usmonlilar davrida juda keng miqyosida bunyod etilgan binolar turiga aylandi.

Gallereya

Manbalar

Turkum:Saliba koʻchasi Turkum:Qohira bino va inshootlari