Marcos Llorente Moreno (1995-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Atlético Madrid“ klubi va Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachi yoki oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Real Madrid klubida futbolchi sifatida shakllangan. Marcos Real safida uch mavsum davomida 39 ta oʻyinda maydonga tushgan, shuningdek, „Alaves“ klubida ijara asosida oʻynagan. Marcos 2019-yil iyun oyida „Atletiko Madrid“ klubi bilan shartnoma imzolagan va 2020-21-yilgi mavsumda La Ligada gʻolib chiqqan.

Llorente Ispaniya terma jamoasi safida 2020-yilda debyut qilgan va UEFA Yevro-2020 va ikkita FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan. 2026-yilgi jahon chempionati turnirida gʻolib chiqqan.

Terma jamoadagi faoliyati Llorente 2016-yilning 10-oktyabr kuni Pontevedrada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi 2017-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida Estoniyaga qarshi oʻyinda (5:0) Ispaniya U-21 terma jamoasi safidagi ilk oʻyinini oʻtkazgan. U 2020-yilning noyabr oyida Niderlandiya va UEFA Millatlar ligasi saralashida Shveysariya va Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun kattalar tarkibiga chaqirilgan. U birinchi oʻyinini Amsterdamda Niderlandiyaga qarshi oʻyinnig soʻnggi 18 daqiqasida Sergio Canales oʻrniga maydonga tushgan.

2021-yil 24-may kuni Llorente Ispaniyaning UEFA Yevro-2020 uchun 24 kishilik tarkibiga kiritilgan. U turnir davomida oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan.

Llorente 2022-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun ham tarkibga kiritilgan. U Qatardagi turnirda atigi bitta oʻyinda ishtirok etgan.

Llorente UEFA Yevro-2024 uchun 29 kishilik dastlabki tarkibga kiritilgan edi. Biroq, yakuniy tarkibga kiritilmagan.

2026-yilning 25-mayida Llorente joriy yilgi Jahon chempionati uchun Ispaniya qaydnomasida oʻrin oldi. Guruhdagi soʻnggi oʻyinda, Urugvay ustidan qozonilgan gʻalaba qozonoshida yagona gol mualligi Álex Baenaga assistentlik qilgan. Marcos chempionlar safida turnir davomida ikki oʻyinda boshlangʻich tarkibda va umumiy uchta oʻyinda maydonga tushgan.

Shaxsiy hayoti Bolaligidan „Real Madrid“ muhlisi boʻlgan Llorente oilasida ham futbol, ham klub bilan aloqalari mavjud. Uning otasi Fransisko va otasining amakisi (katta amakis) Fransisko Gento qanot yarim himoyachilari boʻlgan, onasi tomonidan bobosi Ramón Grosso esa hujumchi boʻlgan.

Faoliyatining oxirida Llorente noanʼanaviy sogʻliqni saqlash amaliyotlarini, jumladan, qatʼiy paleo parhezini va quyosh nuri taʼsiri va teri saratoni boʻyicha ilm-fanga qarshi qarashlarni targʻib qilgani uchun jamoatchilik eʼtiboriga tushgan va tibbiy mutaxassislar va ommaviy axborot vositalarining tanqidiga uchragan.

Yutuqlar

Real Madrid

UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi: 2017-18 FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati gʻolibi: 2017, 2018

Atletiko Madrid

La Liga gʻolibi: 2020-21 Qirol kubogi sohibi: 2025-26

Ispaniya U21

21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati sohibi: 2017

Ispaniya

FIFA Jahon chempionati gʻolibi: 2026

Shaxsiy

La Liganing mavsumdagi eng yaxshi jamoasi: 2025-26 UEFA Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi jamoasi: 2025-26

Manbalar

Havolalar

Marcos Llorente atleticodemadrid saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ispaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Madridlik futbolchilar Turkum:Real Madrid Castilla futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:Deportivo Alavés futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Segunda División B oʻyinchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Ispaniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari