Rafael Zeynal oğlu Haşımov (28-yanvar 1959-yil, Mingechaur) — Ozarbayjon teatr rassomi, Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan rassom (2013).

Hayoti Rafael Haşımov 1959-yil 28-yanvarda Mingechaur shahrida tugʻilgan. 1974-yilda Mingechaur shahar 1-sonli oʻrta maktabni bitirgan, 1976-yilda Əzim Əzimzadə nomidagi Ozarbayjon davlat rassomlik maktabiga qabul qilingan. 1979-yilda taʼlimni chala qoldirib, Afgʻoniston Demokratik Respublikasiga harbiy xizmatga joʻnagan. 1981–1983-yillarda taʼlimni davom ettirgan, 1984-yilda Mirzəağa Əliyev nomidagi Ozarbayjon Davlat sanʼat institutiga qabul qilingan va 1989-yilda bu yerni bitirgan.

Ijodi Rafael Haşımov ijodiy faoliyatini 1990-yilda Mingechaur davlat drama teatrida sahnalashtiruvchi rassom sifatida boshlagan. 2000-yildan ushbu teatrning bosh rassomidir..

Teatrdagi faoliyati davomida 100 dan ortiq spektaklga (Hüseyn Cavidning „Afət“, Mehdi Hüseynning „Cavanşir“, „Şeyx Şamil“, İ.Mərcanlıning „Xocalı notları“, Tamara Vəliyevaning „Mənim ağ göyərçinim“, Cəlil Məmmədquluzadəning „Danabaş kəndinin məktəbi“, A.Mədətovning „Aylı gecə“, R.Rəhimlining „Gizli məhəbbət“ spektakllari va boshqalar) badiiy bezak bergan. U sahnalashtiruvchi rassomi boʻlgan Hüseyn Cavidning „Ana“ spektakli 2003-yilda „Qızıl Dərviş“ mukofotiga loyiq koʻrilgan

Mukofotlari „Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan rassom“ faxriy unvoni — 2013-yil 25-iyun „Tərəqqi“ medali — 2018-yil 16-oktyabr

Manbalar

Turkum:Ozarbayjon rassomlari