Ichki turizm — bir mamlakat fuqarolari yoki rezidentlarining faqat oʻz mamlakati hududida amalga oshiradigan turizm faoliyatidir. Bunday sayohat ichki taʼtil deb ham ataladi. Aholisi va hududi katta boʻlgan Rossiya, Braziliya, Kanada, Avstraliya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda ichki turizm umumiy turizm sohasining katta qismini tashkil etadi.

COVID-19 pandemiyasi davrida mamlakatlar COVID-19 tarqalishini kamaytirish maqsadida aeroportlarini yopganligi sababli ichki turizm sezilarli darajada oshdi. Shu bilan birga, turizmning umumiy qisqarishi natijasida koʻplab ish oʻrinlari va bizneslar zarar koʻrdi.

Britaniya ingliz tilida ichki turizm baʼzan staycation deb ham ataladi. Bu atama ingliz tilidagi stay („qolmoq“) va vacation („taʼtil“) soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Biroq uni taʼtil davomida tunash uchun oʻz uyida qolish tushunchasi bilan adashtirmaslik kerak. „Staycation“ atamasining ichki taʼtil maʼnosida qoʻllanilishi 2000-yillarning oxirlarida, Buyuk tanazzul davrida bunday turizmning koʻpaygani haqidagi Britaniya ommaviy axborot vositalari xabarlarida keng ommalashdi. Bu davrda funt sterlingning zaiflashishi xorijga sayohat qilishni qimmatroq qilib qoʻydi. Yana qarang

Bir kunlik sayohat

Turizm

Manbalar