Umaviylar masjidi (), shuningdek, Al-Atiq masjidi () nomi bilan tanilgan, Iroqning Mosul shahrida joylashgan katta tarixiy masjid. Dastlab VII asrda bunyod etilgan. 1810-yilda buzib tashlangan, shundan soʻng buzilgan joyning bir qismida hozirgi Al-Masfiy masjidi () qurilgan. Bu masjid ham hanuzgacha Umaviylar masjidi nomi bilan mashhur.
Tarixi Mosulga taxminan milodiy 637 yoki 640-yil–641-yillarda ilk musulmon arablar tomonidan asos solingan. Oʻrta asr arab manbalariga koʻra, xalifa Umar tomonidan musulmon qoʻshiniga boshliq qilib tayinlangan Arfaja al-Barikiy shaharni misr (harbiy lager) sifatida tashkil etgan va uning ichida jome masjid qurdirgan. Shahar Umaviy xalifa Marvon II () davrida yanada rivojlantirilgan boʻlib, ayrim manbalar masjidga ham aynan xalifa asos solgan degan maʼlumotlarni keltiriladi.
Masjid bir necha bor taʼmirlanib, kengaytirilgan va kattaroq maydonni egallagan. Ehtimol, maydoni sharqdan gʻarbga ni tashkil qilgan. Eng yirik qayta taʼmirlash ishlaridan biri 1148-yilda Sayfiddin Gʻoziy buyrugʻi bilan amalga oshirilgan boʻlib, oʻsha paytda masjid atrofida bir nechta madrasa va boshqa diniy muassasalar qoʻshib qurilgan. Xuddi shu asrning oʻzida yangi jome masjid — An-Nuriy masjidi bunyod etilgach, eski Umaviylar masjidining ahamiyati pasayib, eʼtiborsiz qolgan, biroq uning yaqinida muhim qabriston paydo boʻlgan.
Yomon ahvolda qolgan Umaviylar masjidi oxir-oqibat 1810-yilda buzib tashlangan. Bino qismlari orasida saqlanib qolgan deb hisoblaniladigan yagona narsa an-Nuriy masjidi ichidagi bezakli mehrob boʻlib, ehtimol, buzish ishlari vaqtida ushbu binoga koʻchirib oʻtkazilgan. Sobiq Umaviylar masjidi oʻrnida keyinchalik hozirgi kichikroq al-Masfiy masjidi qurilgan, ushbu masjidga Muhammad Musaffiy az-Zahab () asos solgan. Masjidda al-Kavozin minorasi deb atalgan minora ham boʻlgan.
Mosuldan Iroq va Shom Islom Davlatini haydab chiqarish uchun kechgan 2017-yilgi jang vaqtida Al-Masfiy masjidiga qattiq zarar yetgan. Keyinchalik bino merosni asrab-avaylashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilot — „Aliph“ tomonidan qayta taʼmirlangan. 2021-yildan masjidda yana namoz oʻqila boshlangan va 2024-yil mart oyida rasman qayta ochilgan.
Manbalar
Turkum:7-asrda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Mosuldagi masjidlar