Vadi en-Natrun qamoqxonasi () — Misrdagi qamoqxona majmuasi. U Buhayra muhafazasida, Qohira — Aleksandriya choʻl avtomobil yoʻli yaqinida, Vadi en-Natrun botiqligi etagida, Qohira shahrining shimolida joylashgan. Majmua bir-biridan 5 kilometr masofada joylashgan ikkita alohida muassasadan iboratAli Abdel Mohsen, Local recounts prisoners' tales of forced escape from Wadi al-Natroun, 3 March 2011. Qamoqxona 1994-yilning sentyabr oyida tashkil etilgan boʻlib, shundan soʻng bu yerga Abu Zaabal va Tora qamoqxonalaridan mahbuslar koʻchirib keltirilgan5- Wadi al-Natrun Prison Complex Know Your Prison, 13 October 2020.
2011-yilgi ommaviy qochish hodisasi Qamoqxonadan Husni Muborak rejimi davrida islomchilar va siyosiy mahbuslarni saqlash uchun foydalanilgan. 2011-yilgi inqilobdan soʻng bu yerga Musulmon birodarlar tashkilotining bir qancha taniqli faollari qamalgan. 2011-yil 30-yanvarda minglab mahbuslar qamoqxonadan qochishga muvaffaq boʻlgan. 2013-yil iyun oyida sud Hamas va Hizbulloh guruhlari Musulmon birodarlar bilan birgalikda ushbu ommaviy qochishni tashkillashtirgan degan qarorga kelganTarek El-Tablawy & Salma El Wardany, Egyptian Court Says Foreign Groups Involved in 2011 Jailbreaks, 23 June 2013. Biroq ayrim mahbuslarning taʼkidlashicha, ularni ozod qilishga aslida Ichki ishlar vazirligi buyrugʻi bilan harakat qilgan politsiya xodimlari koʻmaklashgan.
Qamoqxonadan qochganlar orasida Musulmon birodarlarning 34 nafar faoli, jumladan, keyinchalik mamlakat prezidenti etib saylangan Muhammad Mursiy va Saad al-Katatniy ham bor edi. 2013-yil iyul oyida Mursiy hokimiyatdan agʻdarilgach, u ushbu ommaviy qochishdagi roli uchun sudga tortildi. Mursiy va boshqa 105 kishi 2015-yil 16-may kuni oʻlim jazosiga hukm qilindi. Biroq 2016-yil noyabr oyida Kassatsiya sudi Mursiy va Musulmon birodarlarning boshqa besh aʼzosiga nisbatan chiqarilgan oʻlim jazosini bekor qildi hamda ishni qayta koʻrib chiqishga buyruq berdi.
2022-yil may oyida kelib chiqishi britaniyalik va misrlik boʻlgan siyosiy mahbus Aalaa Abdulfattoh Vadi en-Natrun qamoqxonasiga koʻchirildi. U yerda unga kitob oʻqish, televizor koʻrish va xat yozish imkoniyati berilgan.
Manbalar
Turkum:2011-yilda Misr Turkum:Buhayra muhofazasi