Al-Uqsur muhofazasi () — Misr muhofazalaridan biri. 2009-yil 7-dekabrda sobiq prezident Husniy Muborak ushbu muhofazaning Qino muhofazasidan ajratilganini eʼlon qilganLuxor announced Egyptʼs 29th governorate , report of Daily News Egypt of 7 December 2009.. Qohiradan 635 km janubda, Yuqori Misrda, Nil daryosi boʻyida joylashgan. Al-Uqsur muhofazaning maʼmuriy markazi boʻlib, boshqa muhim shaharlar va sayyohlik markazlari qatoriga Esna va Armant kiradi.

Tavsifi Muhofaza Misrdagi sayyohlar uchun eng asosiy yoʻnalishlardan biri boʻlishiga qaramay, bu yerda qashshoqlik darajasi 60% dan yuqori; biroq yaqinda moliyaviy yordam va ish oʻrinlari koʻrinishida ijtimoiy himoya choralari joriy etildi. Moliyalashtirish mamlakat Moliya vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlar koʻmagida muvofiqlashtirildi.

Maʼmuriy boʻlinishi Muhofaza munitsipal boʻlinmalarga ajratilgan boʻlib, 2023-yil yanvar holatiga koʻra umumiy taxminiy aholi soni 1 388 666 kishini tashkil etadi.

+ Munitsipal boʻlinmalari Oʻzbekcha nomi Asl nomi Arabcha transliteratsiyasi Aholisi(2023-yil yanvar tax.) Turi Qarna 180,120 Markaz Al-Uqsur 280,525 Qism (toʻliq shahar) Al-Uqsur 182,158 MarkazArmant 193,337 Markaz Isno 472,175 Markaz Fiva 80,351 Markaz

Gerbi Al-Uqsur gerbi Nil daryosida suzib borayotgan Qadimgi Misr qayigʻi ustidagi Tutanxamon byustini, shuningdek, fonida obelisk va quyosh nurini tasvirlaydi.

Geografiyasi Muhofazaning umumiy maydoni 2960 km² ni tashkil etib, bu mamlakat hududining 0,24 foiziga toʻgʻri keladi.

Aholisi 2012-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda yangi Al-Uqsur muhofazasi tarkibiga kirgan hududda 1 429 281 nafar aholi istiqomat qilgan. Ularning 47,4 foizi shaharlarda, 52,6 foizi esa qishloq joylarda yashagan. Aholining yillik oʻsish sur’ati har ming kishiga 18,2 nafarni tashkil etadi.

Sanoat zonalari Investitsiyalar va erkin zonalar boʻyicha boshqaruv organi (GAFI) maʼlumotlariga koʻra, Al-Uqsurda quyidagi sanoat zonalari joylashgan:

Sanoat zonasiAl-Bagʻdodiy sanoat zonasi

Manbalar

Havolalar City of Luxor Official website

Turkum:Misr muhofazalari Turkum:2009-yilda Misrda tashkil etilganlar