Ilgari Nosir stadioni nomi bilan atalgan Qohira xalqaro stadioni () — Misrdagi 75,000 tomoshabinga moʻljallangan oʻrindiqlarga ega, Olimpiya andozalaridagi koʻp maqsadli stadiondir. Stadion meʼmori 1934–1936-yillarda Berlindagi Olimpiya stadionini loyihalashtirgan germaniyalik Werner March hisoblanadi. Stadionning muhandislik ishlari va qurilish nazorati „ACE Moharram Bakhoum“ shirkati tomonidan amalga oshirilgan. Mazkur arena kattaligi boʻyicha dunyoda 69-oʻrinda, Misrda esa 3-oʻrinda turadi.
Qohiraning shimoli-sharqiy chekkasidagi Nasr-siti tumanida joylashgan ushbu majmua 1960-yilda qurib bitkazilgan hamda 1952-yilgi Misr inqilobining sakkiz yilligi munosabati bilan oʻsha yilning 23-iyulida Prezident Jamol Abdul Nosir tomonidan tantanali ravishda ochilgan.
Umumiy maʼlumot Stadion Qohira xalqaro aeroportidan qariyb 10 km gʻarbda hamda Qohira markazidan taxminan 10 km masofada joylashgan . U 2006-yilgi Afrika Millatlar Kubogiga tayyorgarlik koʻrish doirasida 2005-yilda taʼmirlangan.
Qohira stadioni oʻzining ajoyib muhiti va katta sigʻimi bilan mashhur. Bu 2006-yil 20-yanvardan 10-fevralgacha Misrda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogi paytida yaqqol namoyon boʻldi. Qohira stadioni Misr futbolining ramzi hisoblanadi. Misrdagi eng muhim oʻyinlarning deyarli barchasi aynan shu yerda oʻtkaziladi. Shuningdek, ushbu arena 1991-yilgi Butunafrika oʻyinlarining ham asosiy stadioni boʻlib xizmat qilgan.
Gallereya
Yana qarang Qohira stadioni yopiq zallar majmuasi Misrdagi futbol stadionlari roʻyxati Stadionlar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Qohira stadioni sayti Rasmlar cafe.daum.net/stade saytida
Turkum:Zamalek SC Turkum:Misrdagi futbol stadionlari Turkum:Misrdagi yengil atletika inshootlari Turkum:Qohiradagi stadionlar Misr Turkum:Afrika oʻyinlari oʻtkazilgan joylar Turkum:1960-yilda Misrda tashkil etilganlar Turkum:Qohirada futbol