Dyushes (; ; ; ; shuningdek, Dushes deb ham yoziladi) — Gruziyadan kelib chiqqan, nok taʼmiga ega gazli alkogolsiz ichimlik boʻlib, sobiq Sovet Ittifoqi hududida keng ommalashgan.

Ichimlik nomi fransuz Duchesse d’Angoulême nok navidan olingan va u ilk bor XIX asr oxirida gruzin farmatsevti Mitrofan Lagidze tomonidan u yaratgan koʻplab boshqa ichimliklar qatori sunʼiy esensiyalarni tabiiy meva siroplari bilan almashtirgan holda ishlab chiqilgan. Sovet Ittifoqi davrida retsept butun mamlakat boʻylab ommaviy ishlab chiqariladigan ichimlik sifatida standartlashtirilgan.

Tarixi Ichimlikning dastlabki retsepti birinchi bor Mitrofan Lagidze tomonidan ishlab chiqilgan. U 1887-yilda limonad tayyorlashda import qilingan lazzatli essensiyalar oʻrniga tabiiy siroplardan foydalanib koʻrishni xohlaydi va buning mantiqiy davomi sifatida 1900-yilda Kutaisi shahrida „Lagidze birodarlari“ zavodini ochadi. Oʻsha limonadlardan biri keyinchalik Sovet Ittifoqida Dyushes nomi bilan mashhur boʻlgan ichimlikka aylangan. 1930-yillarda retsept yanada takomillashtirilib, yakunda SSSRdagi eng ommabop mevali gazli ichimlik maqomiga erishdi. u hamma yerda sotilar, shuningdek davlat tomonidan tasdiqlangan ichimlikka aylangan edi.

Tarqalishi

Gruziya, Armaniston, Rossiya va Ozarbayjonda Nataxtari, Noy, Chernogolovka va Gülüstan kabi bir nechta brendlar Dyushesni mahalliy ravishda ishlab chiqaradi.

Fanta ham 2019-yildan beri Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon kabi Dyushes mashhur boʻlgan mamlakatlarda nok taʼmli Fanta ichimligi sotuvini yoʻlga qoʻygan.

Yana qarang Tarxun

Manbalar

Turkum:Gruziya oshxonasi