Thai AirAsia X — Tailandning uzoq masofalarga parvoz qiluvchi lou-kosteri boʻlib, aviahabi Don Mueang xalqaro aeroportida joylashgan. Malayziyaning AirAsia X va Thai AirAsia kompaniyalari oʻrtasidagi qoʻshma korxona hisoblanadi.
Tarixi 2013-yil 18-sentyabrda AirAsia X kompaniyasi Tassapon Bijleveld va Julpas Krueospon bilan uzoq masofalarga parvoz qiluvchi lou-koster tashkil etish boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzoladi. Natijada Thai AirAsia X Company Limited nomli Tailand kompaniyasi tuzildi, unda AirAsia 49 foizlik ulushga ega boʻldi. Thai AirAsia X — Thai AirAsia brendining oʻrta va uzoq masofalarga parvoz qilishga ixtisoslashgan yoʻnalishidir. Ushbu brend yagona chipta tizimi, samolyotlarning bir xil livreya, xodimlar formalari va boshqaruv uslubidan foydalanish orqali xarajatlarni past darajada ushlab turadi.
2014-yil 3-fevralda Thai AirAsia X Tailand Fuqarolik aviatsiyasi departamentidan Aviaoperator sertifikatini (AOC) qoʻlga kiritdi. Bu esa aviakompaniyaga muntazam yoʻnalishlar boʻyicha ruxsatnomalar va parvoz vaqtlari olish uchun ariza topshirish imkonini berdi. 2014-yil 17-iyunda Thai AirAsia X oʻzining ilk parvozini Bangkokdan Seulga, Airbus A330-300 samolyotida amalga oshirdi. 2014-yil 1-sentyabrda esa Osaka va Tokio yoʻnalishlari ochildi.
2016-yil dekabr oyida Thai AirAsia X aviakompaniyasi Tehron va Maskatga barcha reyslarni bekor qilish orqali Yaqin Sharqdagi faoliyatini yakunlayotganini eʼlon qildi.
2019-yil avgust oyida Thai AirAsia X oʻzining ilk Airbus A330neo samolyotini qabul qilib oldi.
Karantin choralari sababli 2021-yil iyul oyida barcha ichki reyslar bekor qilindi. 2021-yil oktabr oyida Thai AirAsia X keyingi oydan boshlab Suvarnabhumi aeroportida parvozlarni qayta tiklashini eʼlon qildi.
2022-yil 26-aprelda Thai AirAsia X Bangkokdagi faoliyatini Don Mueang xalqaro aeroportidan Suvarnabhumi aeroportiga koʻchirishini maʼlum qildi. 2022-yil 19-mayda Thai AirAsia X Bangkokdagi Markaziy bankrotlik sudiga bankrotlik toʻgʻrisida ariza topshirdi; biroq bu jarayon yoʻlovchilarga taʼsir qilmaydi, chunki aviakompaniya oʻz faoliyatini odatdagidek davom ettirmoqda.
Parvoz yoʻnalishlari
2026-yil oktyabr holatiga koʻra, Thai AirAsia X quyidagi yoʻnalishlarga parvozlarni amalga oshiradi (yoki amalga oshirgan):
Mamlakat/MintaqaShaharAeroportEslatmalarManbalarAvstraliyaBrisbenBrisben aeroportiToʻxtatilganMelburnMelburn aeroportiToʻxtatilganSidneySidney aeroportiToʻxtatilganEronTehronImom Xumayniy nomidagi Tehron xalqaro aeroportiToʻxtatilganGruziyaTbilisiTbilisi xalqaro aeroportiToʻxtatilganHindistonDehliIndira Gandi xalqaro aeroporti Janubiy KoreyaSeulInchxon aeroportiToʻxtatilganQozogʻistonOlmaotaOlmaota xalqaro aeroporti Saudiya ArabistoniAr-RiyodPodshoh Xolid xalqaro aeroporti TailandBangkokDon Mueang xalqaro aeroportiAviahabSuvarnabhumiToʻxtatilganPhuketPhuket xalqaro aeroportiToʻxtatilganUmmonMaskatMaskat xalqaro aeroportiToʻxtatilganXitoyNanchanNanchan Changbei xalqaro aeroportiToʻxtatilganTyanszinTyanszin Binhai xalqaro aeroportiToʻxtatilganXarbinXarbin Taiping xalqaro aeroportiMavsumiyShanxayShanxay Pudong xalqaro aeroporti ShenyangShenyang Taoxian xalqaro aeroportiToʻxtatilganXorvatiyaZagrebZagreb aeroportiToʻxtatilganYaponiyaFukuokaFukuoka aeroportiToʻxtatilganNagoyaChubu Centrair xalqaro aeroporti OsakaKansay xalqaro aeroporti SapporoYangi Chitose aeroporti SendaySendai aeroportiToʻxtatilganTokioNarita xalqaro aeroporti
Aviaparki Joriy holati
2025-yil avgust holatiga koʻra, Thai AirAsia X quyidagi samolyotlarni ekspluatatsiya qiladi:
+ Thai AirAsia X aviaparki Samolyot turiMiqdori Buyurtma qilingani Yoʻlovchi oʻrindiqlari soni EslatmalarPEJamiAirbus A330-30011—12365377—367367Jami11—
Yana qarang AirAsia AirAsia X Tailand transport tizimi
Manbalar
Havolalar
Official website
Turkum:Lou-kosterlar Turkum:AirAsia Turkum:Tailand aviakompaniyalari