Oli Imron surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. Madiniy suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Ushbu surada Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida boʻlib oʻtgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uhud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.
"Oli Imron"da dinning asoslaridan boʻlgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi —aqida va Allohning birligiga aloqador dalil-u hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va, xususan, Alloh yoʻlidagi kurash — jihodga taalluqli amr-u farmonlar.
Agar "Baqara" surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida soʻz ketgan boʻlsa, "Oli Imron"da ahli kitoblardan boʻlgan nasroniylar toʻgʻrisida soʻz boradi va ularning Iso alayhissalomni Xudo deb eʼtiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qurʼon va Muhammad alayhissalomning paygʻambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi aytilib, bunday munkirlarga aniq hujjatlar bilan javob qilinadi.
Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa koʻpdan koʻp ahkomlariga asos boʻlgan oyatlar ham bor. Bu surada Maryamning otasi boʻlmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun "Oli imron" — "Imronning xonadoni" deb nomlangan.
Islomdan boshqa dinlar haqida Kimda kim Islomdan oʻzga din istasa, bas, (uning "dini" Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon koʻrguvchilardandir. (85)
Adabiyotlar Manbalar