Gʻarbiy Ozarbayjon () — Eron ustonlaridan biri. Eronning eng chekka shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Maʼmuriy markazi — Urmiya shahri. Boshqa yirik shaharlari: Mahobod, Pironshahr. Aholisi soni — 3 725 000dan ziyod. Eron Ozarbayjon tarkibiga kiradi. Shimoldan Ozarbayjon va Armaniston hududlari bilan chegaradosh.

Shahristonlari

Gʻarbiy Ozarbayjon ustoni 14 ta shahristonga (viloyat) boʻlingan: Quyida ushbu shahristonlar roʻyxati keltirilgan: Boʻkon Mahobod Moku Miyondoʻab Naqodi Oshnoviyo Pironshahr Salmas Sardusht Taqob Urmiya Hoʻy Choldoron Shahinaj

Aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Gʻarbiy Ozarbayjon ustonida 3 080 576 kishi istiqomat qiladi. Aholining asosiy qismini ozarbayjonlar va kurdlar tashkil etadi. Ustonda shunigdek forslar, armanlar va tolishlar istiqomat qiladi. Aholi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir (ushbu ustonda asosan shialik mazhabi tarqalgan). Uston rasmiy tili — forscha. Ozarbayjoncha va kurdcha — norasmiy til maqomiga ega.

Manbalar

Iran Provinces

Turkum:Eron ustonlari Turkum:Eron Kurdistoni