Igor Kichigin (1969-yil 23-noyabrda Buxoroda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi ampulasida oʻynagan. Latviyaning „Ventspils“ jamoasida murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Futbbolchilik faoliyati

Klub Klubdagi faoliyatini 1990-yilda "Nurafshon" jamoasida boshlagan, keyinchalik „Zarafshon“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1992-yilda Fyodor Novikov taklifiga binoan Markaziy Osiyodan bir qancha futbolchilar (Ablaev, Gorbax, Balayan) bilan birga Voronejning Fakel jamoasiga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik u „Temp“ Shepetovka jamoasida oʻynagan. 1993-yilda Oʻzbekistonga qaytib kelgan va turli jamoalarida, jumladan: Buxoroning „Sitora“, „Buxoro“ va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoalarida oʻynadi. 2001-yilgi mavsumda Samarqandning „Dinamo“ jampasida oʻynagn. Samarqandning jamoasidan soʻng „Andijon“ va „Doʻstlik“ klublari, Rossiyaning Diana Voljsk, Serpukhov va FK Ijevsk jamoalarida oʻyanagn. Professional faoliyatini 2004-yilda Ijevsk jamoasida yakunlagan.

Xalqaro oʻyinlar Igor 1996-yil 8-may kuni Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 1996-yilgi Osiyo kubogi saralash oʻyinida Tojikiston terma jamoasiga qarshi yagona oʻyinini oʻtkazgan.

Murabbiylik faoliyati 2006-yilda u „Ditton-2“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan. Keyinchalik Igor „Ceriba“ klubining 15 yoshli bolalar jamoasi bilan ishlagan. 2009-yildan 2010-yilgacha „Tranzit“ klubida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. 2011-yilda Ventspils-2 nomini olgan Ditton-2 klubiga qaytgan.

2017-yilda Igor PRO murabbiylik litsenziyasiniIgor Kichigin – obladatel litsenzii PROolgan va FKV „Akademiya“ jamoasida murabbiy boʻlib ishlaganIgor Kichigin: otlichno, chto glavnaya komanda FKV zovet k sebe molodej!.

Yutuqlar

Nurafshon Buxoro

Oʻzbekiston ligasida ikkinchi oʻrin: 1994-yil

Neftchi Fargʻona

Oʻzbekiston Oliy ligasi chempioni: 1995-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1996-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Sitora Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Doʻstlik Toshkent futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:FC Temp Shepetivka futbolchilari Turkum:FC Ijevsk futbolchilari Turkum:FC Diana futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari