Abror Zokirjon oʻgʻli Ismoilov (1998-yil 8-yanvar kuni, Yozyovon tumanida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Neftchi“ jamoasida yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati Abror Fargʻona futbol maktabi tarbiyalnauvchisi. Futbolchilik faoliyatini 2014-yilda Yozyovonchi klubi tarkibida boshlagan. 2016-yilgi mavsumda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. „Neftchi“ jamoasi safida 3 mavsum davomida oʻynagan va 35 ta oʻyinda 5 ta gol muallifi boʻlgan.

2019-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasini tark etgan va Termizning „Surxon“ jamoasiga oʻtgan. 2020-yilgi mavsumda Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Ikki mavsum davomida Poytaxt klubi tarkibida oʻynagan va ikki bor Oʻzbekiston Superligasi chempioni unvonini qoʻlga kiritgan.

2022-yilgi mavsumda „Neftchi“ jamoasiga qaytgan va bir mavsum davomida oʻynagan. 2023-yilgi mavsumda Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Ikki mavsum davomida Namangan klubi tarkibida 65 ta oʻyinda ishtirok etgan va 4 ta gol muallifi boʻlgan. Bu davr muobaynida jamoasi bilan Oʻzbekiston kubogida finaliga qadar yetib borgan boʻlsa, Oʻzbekiston Superligasida ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

2024-yilgi mavsum soʻngida Navbahor jamoasini tark etgan va Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzolagan.

Terma jamoadagi faoliyati Ismoilov Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyitini 2019-yilning 9-noyabr kuni Qirgʻizistonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazganUzbekistan 3–1 Kyrgyzstan va bir golga asistlik qilgan. Oʻzbekiston terma jamoasiYilIshtGol201910202060202120202200202310Jami100 2023-yil 5-sentyabr oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.

Yutuqlari

Klub Paxtakor Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2020, 2021; Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2020 Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2021 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2021

Navbahor

Oʻzbekiston Superligasi uchinchi oʻrin: 2023, 2024 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2024

Neftchi

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026 Manbalar

Havolalar

Abror Ismoilov Transfermarkt saytida

Turkum:8-yanvarda tugʻilganlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:Yozyovon tumanida tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Yozyovon klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari