Joni Ensio Kauko (1990-yil 12-iyulda tugʻilgan) — Finlandiyalik professional futbolchi, Hindiston Superligasining ATK Mohun Bagan klubi va Finlandiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydiRanders henter finsk landsholdsspiller, bold.dk, 9 July 2016. 2008-yilda 17 yoshida „Inter Turku“dagi professional faoliyatini boshlagan.

2012-yilning yanvarida, 21 yoshida Finlandiya terma jamoasi safida debyut qilgan

Klublardagi faoliyati Mahalliy „Inter Turku“ning mahsuli boʻlgan Kauko professional shartnomasini 2007-yilning 27-noyabrida 17 yoshida imzolagan. Veikkausliigadagi debyutini olti oydan soʻng 2008-yilning 26-iyunida IFK Mariehamnga qarshi oʻtkazdi. Turku klubidagi ilk mavsumida bor-yoʻgʻi sakkizta oʻyinda maydonga tushdi. Birinchi golini 2009-yilning 3-may kuni MYPA darvozasiga kiritdi. Besh mavsum davomida „Inter“ sharafini himoya qilganidan soʻng, shartnomasi 2012-yilgi mavsumdan keyin uzaytirilmadi va „Lahti“ klubi bilan bir mavsumga shartnoma imzoladi

Lahti bilan shartnoma imzolaganidan olti oy oʻtgach, Kauko Germaniya 2. Bundesliga vakili FSV Frankfurt bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qildi. Frankfurt FSV bilan shartnomasi tugagach, Kauko Germaniyaning 3. Liga vakili FC Energie Cottbus jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

2016-yilning iyul oyida Kauko Daniyaning Randers klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ikki yil oʻtib, 2018-yil 28-iyunda Daniya Superligasining 2018—2019-yilgi mavsumi oldidan Esbjerg fB bilan shartnoma imzoladi.

Mohun Bagan AC 2021-yil 24-iyunda, Finlandiya Yevro-2020dan chiqib ketganidan koʻp oʻtmay, Kauko Hindiston Superligasi klubi ATK Mohun Bagan bilan ikki yillik shartnoma imzoladiISL 2020-21: Mohun Bagan AC signs Finnish international Joni Kauko from Euro 2020 sportstar.thehindu.com. Retrieved 13 August 2021. Bosh murabbiy Antonio López Kaukoni 2021-yilgi OFK kubogi mintaqalararo yarim finalida O‘zbekistonning „Nasaf“ jamoasiga qarshi o‘yin uchun yigirma ikki kishidan iborat tarkibga kiritdiKauko included in Mohun Bagan AC squad The Hindu. Retrieved 18 September 2021, biroq jamoa 6:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi Xalqaro faoliyati Kauko 2009—2012-yillar davomida Finlandiya U21 terma jamoasining doimiy aʼzosi sifatida jami 23 ta oʻyinda maydonga tushgan, 3 ta golga mualliflik qilgan. Finlandiya U-21 terma jamoasi sardori sifatida ham oʻynagan.

2012-yilning 22 yanvarida Trinidad va Tobagoga qarshi oʻrtoqlik oʻyinda milliy terma jamoada debyut qilgan. 2018—2019-yilgi UEFA Millatlar ligasida toʻrtta oʻyin oʻtkazdi. 2018-yilning 15-noyabrida Gretsiyaga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kauko 2021-yil 29-may kuni Yevro-2020 turniri oldidan Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga chaqirildi.

Faoliyat statistikasi

Klub

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumDiviziyaLigaMilliy kubokQitʼaJamiIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarSinimustat2008Kakkonen1670000167Inter Turku2008Veikkausliiga8000008020091930020213201016070202502011313610037420122446120325FC Lahti2013Veikkausliiga908000170FSV Frankfurt2. Bundesliga27020002902014—20152131000223Cottbus2015—20163. Liga3441000354Randers2016—2017Superliga22100002212017—20182921000302Esbjerg2018—2019Superliga35821003792019—202030621203472020—2021Daniya 1-divizioni2680000268Mohun Bagan2021—2022Hindiston Superligasi20300642672022—202300000000Jami faoliyati3675236414441760

Xalqaro

Milliy terma jamoa Yil Rasmiy Doʻstona Jami Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Finlandiya 2012 0 0 1 0 1 0 2013 0 0 2 0 2 0 2014 0 0 2 0 2 0 2015 0 0 1 0 1 0 2016 0 0 1 0 1 0 2017 0 0 2 0 2 0 2018 4 0 0 0 4 0 2019 5 0 0 0 5 0 2020 2 0 2 0 4 0 2021 5 0 1 0 6 0 Jami 16 0 12 0 28 0

Yutuqlari

Klub

Inter Turku

Finlandiya liga kubogi: 2008-yil Veykkausliiga: 2008-yil Finlandiya kubogi: 2009-yil

FK Lahti

Finlandiya liga kubogi: 2013-yil

Eslatmalar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Finlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:erkak futbol yarim himoyachilari