Ismoil Buxoriy jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida joylashgan. Masjid 1959-yilda hashar yoʻli bilan qurilgan. 1998-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjid bir vaqtning oʻzida 800 nafar namozxonni sigʻdira oladi. Masjid binosi 2020-yilda qayta taʼmirlangan.
Manbalar
Turkum:Boyovut tumani Turkum:Sirdaryo viloyatidagi masjidlar