Catalina Sandino Moreno (1981-yil 19-aprelda tugʻilgan) – kolumbiyalik aktrisa boʻlib, „Maria Full of Grace“ (2004) filmidagi roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgani bilan mashhurlikka erishgan.

Shuningdek, „Fast Food Nation“ (2006), „Love in the Time of Cholera“ (2007), „Che“ (2008), „The Twilight Saga: Eclipse“ (2010), „Roa“ (2013), „A Most Violent Year“ (2014), „Falling Skies“ (2014), „American Gothic“ (2016), „Custody“ (2016), „The Affair“ (2015–2019), „The Quarry“ (2020), „Barbarians“ (2021), „From“ (2022), „Silent Night“ (2023) va „Ballerina“ (2024) kabi filmlarda ham turli xil rollarni ijro etgan.

Shaxsiy hayoti Sandino Moreno 1981-yil 19-aprelda Kolumbiyaning Bogota shahrida tugʻilgan. U oʻrtahol oilada oʻsgan, otasi veterinar, onasi esa shifokor boʻlgan. U Bogotadagi Avliyo Jorj maktabida ingliz tili sinfida oʻqigan. Aktrisa boʻlishidan oldin reklama boʻyicha oʻqigan.

Karyerasi 2004–2010 Moreno 2004-yilda „Maria Full of Grace“ filmida bosh rolni ijro etgan. Filmdagi ijrosi uchun u „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod boʻlgan. Shuningdek, Charlize Theron bilan birgalikda Berlin xalqaro kinofestivalida Kumush ayiq mukofotini qoʻlga kiritgan.

Oskar nominatsiyasining taʼsiridan soʻng, u oʻziga maʼqul keladigan rolni uch yil kutgan. U V jurnaliga bergan intervyusida oʻzini aktrisa, kolumbiyalik muhojir va inson sifatida voqelikni aks ettirish mas’uliyatini his qilishini taʼkidlab oʻtgan. Uning fikricha, odamlarga dunyoda nima boʻlayotganini koʻrsatish muhim edi, chunki ular bu orqali nimadur oʻrganishlari mumkin edi.

2005-yilda u dramatik sanʼatni oʻrganish va oʻsha paytdagi muvaffaqiyatli karyerasini davom ettirish maqsadida Nyu-York shahriga koʻchib oʻtgan hamda AMPASga aʼzo boʻlishga taklif etilgan. 2006-yilda Patricia Arquette bilan birgalikda „Fast Food Nation“ nomli filmda rol ijro etgan. Shuningdek, „Paris, je tʼaime“ filmida ham ishtirok etib, „Loin du 16e“ nomli epizodida yosh muhojir ona obrazini gavdalantirgan. 2007-yilda esa Gabriel García Márquezning xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan „Love in the Time of Cholera“ filmida Hildebranda Sanches rolini oʻynagan. Ushbu filmda Javier Bardem va Fernanda Montenegrolar ham rol ijro etishgan. 2008-yilda Moreno Benisio del Toro bilan birga Stiven Soderbergning „Che“ filmida Ernesto Che Guevaraning ikkinchi xotini Aleida March de Guevara rolini oʻynagan va 2008-yilgi Kann kinofestivalidagi film premyerasida ishtirok etgan. 2010-yilda esa Stephenie Meyerning „Twilight Saga: Eclipse“ filmiga asoslangan boshqa bir filmida ayol vampir Maria rolini oʻynagan.

2010–hozirgi kungacha Orada biroz tanaffus qilib olganidan soʻng, 2013-yil noyabr oyida Alina Fernándezning xuddi shu nomdagi avtobiografiyasiga asoslangan „Castroʻs Daughter“ biopik filmida bosh rolni oʻynash uchun televideniyaga qaytgan. U „Roa“ (2013) filmida ham rol oʻynagan, shuningdek, Oscar Isaac va Jessica Chastain bilan birga „A Most Violent Year“ (2014) filmida suratga tushgan. 2014-yil 20-oktyabrda esa „Falling Skies“ serialining soʻnggi mavsumida Izabella rolini ijro etishi eʼlon qilingan.

Sandino Moreno 2016-yilda „American Gothic“ teleserialida Christina Morales rolini oʻynagan. Xuddi shu yili „Custody“ (2016) filmida ham rol ijro etgan. Shuningdek, Viola Davis bilan birga Tribeca kinofestivalida boʻlib oʻtgan film premyerasida ham qatnashgan.

2022-yil dekabr oyida Sandino Moreno „John Wick“ filmlar seriyasining „Ballerina“ nomli spin-off filmidagi rollardan birini oʻynashi eʼlon qilingan. 2023-yilda esa „John Woo Action Thriller Silent Night“ filmida Saya Godluck rolini oʻynagan.

Shaxsiy hayoti Sandino Moreno 2005-yilda People jurnalining „50 ta eng goʻzal odamlar“ roʻyxatiga kiritilgan.

Sandino Moreno kinoelektrik David Elwell bilan „Maria Full of Grace“ filmida ishlayotganda tanishgan. Ular 2006-yil 15-aprelda Cartagena de Indias shahrida boʻlib oʻtgan kichik marosimda turmush qurishgan.

Filimografiyasi +Filmlari Yil Film Rol Izoh 2004 Maria Full of Grace María Álvarez Koʻplab mukofotlarga nominatsiyasi qoʻyilgan eng omadli filmi 2006 Journey to the End of the Night Angie Paris, je tʼaime Ana Epizod: „Loin du 16e“ Fast Food Nation Sylvia The Hottest State Sarah 2007 The Heart of the Earth Blanca Bosco Love in the Time of Cholera Hildebranda Sanchez 2008 Che Part One: The Argentine Aleida March de Guevara Che Part Two: Guerrilla Aleida March de Guevara 2010-yil La Siguiente Estación Eva Qisqa metrajli film The Twilight Saga: Eclipse Maria 2012-yil For Greater Glory: The True Story of Cristiada Adriana 2013-yil Magic Magic Barbara Roa María de Roa A Stranger in Paradise Jules Medeas Christina 2014-yil At the Devil’s Door Leigh Swelter Carmen A Most Violent Year Luisa 2016-yil Custody Sarah Incarnate Camilla Marquez 2017-yil The Mystery of Casa Matusita Lucy 2020-yil The Quarry Celia 2021-yil Barbarians Eva 2023-yil Silent Night Saya Godluck 2025-yil From the World of John Wick: Ballerina Suratga olinmoqda +Teleseriallari Yil Serial Rol Izoh2013-yil The Bridge Alma Ruiz2014-yil Red Band Society Eva Palacios Ikkinchi darajali rol2015-yil East Los High Eddiening onasi Ikkinchi darajali rol2015-yil Falling Skies Isabella Ikkinchi darajali rol (5-mavsum)2015–2019-yillar The AffairLuisaBosh rol (3–4-mavsumlar); ikkinchi darajali rol (2 va 5-mavsumlar)2016-yilAmerican GothicChristina Morales2019-yilSurveillance Natalie Reyes2019-yilRoom 104MariaEpizod: „Rogue“2022-yilFrom Tabitha MatthewsBosh rol

Manbalar

Havolalar

Photos „Cristiada“: Catalina Sandino filming in Durango, México

Turkum:Kolumbiyalik aktrisalar