Hurmala ibn Kohil () – Karbalo jangida Umaviylar qoʻshini tarkibida boʻlgan kamonchi. Hijriy 61-yilning (milodiy 680) 10 oktyabrida Muhammadning nevaralari Ali al-Asgʻar ibn Husaynning qotiliga aylangan.

Imom al-Husayn Karbalo jangida dushmanga qarshi umidini butunlay yoʻqotgach, otga minib, tashnalikdan oʻlayotgan olti oylik farzandi Ali al-Asgʻar uchun odamlardan suv soʻraydi. Hurmala esa bu vaqtda bolaning tomogʻiga uch boshli oʻq uzgan.

Keyinchalik Hurmala Muxtor at-Saqafiy qoʻshinlari tomonidan qoʻlga olingan va oʻldirilgan. Muxtor Hurmalaning boʻyniga pichoq urib, uni oʻldirgan.

Manbalar

Turkum:Karbalo jangi