Qirol Xolid aeroporti masjidi () – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahridagi Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjidi. 1983-yilda qurilgan masjid maydonni egallaydi. Bino loyihasi AQShning HOK arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, anʼanaviy islom arxitekturasi elementlarini oʻzida mujassam etgan. Masjid birinchi navbatda ar-Riyod orqali kelayotgan yoki ketayotgan musulmon yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Umumiy maʼlumot Masjid 1983-yilda AQShning HOK arxitektura firmasi tomonidan Qirol Xolid xalqaro aeroporti yonida qurilgan va 1984-yilda namozxonlar uchun ochilgan.

Masjidda haftalik juma namozidan tashqari Ramazon hayiti va Qurbon hayiti kunlarida har yili hayit namozi oʻqiladi.

Aeroport Saudiya Arabistonida birinchi boʻlib oʻsha vaqtdagi muhandislik meʼyorlari asosida qurilgan. Bino qurilgan vaqtda dunyodagi eng zamonaviy masjid boʻlgan. Uning qurilishida eng soʻnggi muhandislik yangiliklaridan foydalanilgan va anʼanaviy arab uslubida majmua yaratishga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, masjid oʻsha davrda dunyodagi eng katta integral sanʼat dasturi bilan ajralib turgan. Binoda anʼanaviy islomiy bezak elementlarini zamonaviy rassomlar ishlari bilan uygʻunlashtirilgan.

Qirol Xolid xalqaro aeroporti keluvchi va ketuvchi yoʻlovchilar uchun masjidga bepul transport xizmatlarini taklif qiladi.

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi 20-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi gumbazli masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar