Kuala Lumpur xalqaro aeroporti (, , KLIA, ) – asosan Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahri aholisiga xizmat koʻrsatuvchi markaziy xalqaro aeroport. Selangor shtatining Sepang tumanida, Kuala Lumpur shahar markazidan janubda joylashgan.
Kuala Lumpur xalqaro aeroporti Malayziyaning eng yirik va eng gavjum aeroporti boʻlib, mega hab sifatida tan olingan. Aeraport 2023-yilda 47,2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, unda 980 040 tonna yuk tashilgan va 819 026 parvoz amalga oshirilgan. Umumiy yoʻlovchi oqimi boʻyicha dunyo reytingida 35-oʻrinni egallagan.
2024-yil KLIA OAG provayderi tomonidan (yoʻlovchi reyslarining chastotasi va xizmat koʻrsatilgan yoʻnalishlar nisbati boʻyicha) Global lou-kost megahablar indeksida birinchi oʻrinni egalladi, aeroport 137 dan ortiq yoʻnalish boʻylab 11 188 ta mumkin boʻlgan lou-kost ulanishlarni taqdim etgan.
OAG KLIAni 33 411 ta mumkin boʻlgan yoʻnalish bilan 2024-yilda dunyodagi ikkinchi eng bogʻlangan aeroport deb ham topdi (yoʻlovchi reyslarining chastotasi va xizmat koʻrsatgan yoʻnalishlar nisbati boʻyicha), OAG Megahab indeksiga koʻra, London-Hitroudan keyin ikkinchi oʻrinda turadi, undan keyingi oʻrinlarda esa Tokio–Haneda, Amsterdam va Seul-Inchxon joylashgan.
Malayziyadagi yetakchi aviatashuvchi va 14 583 lou-kost ulanishni amalga oshiruvchi AirAsia KLIAda joylashgan va jami parvozlarning 34% ulushiga ega boʻlib, undan keyingi oʻrinda Malaysia Airlines MAS turadi.
Aeroportni Malaysia Airports (MAHB) Sepang Sdn Bhd boshqaradi va u Malaysia Airlines, MASkargo, Batik Air Malaysia, UPS Airlines va World Cargo Airlines, AirAsia va AirAsia X uchun asosiy hab vazifasini bajaradi.
Tarixi Kelib chiqishi Kuala Lumpur xalqaro aeroportining tamal toshi qoʻyish marosimi 1993-yil 1-iyunda boʻlib oʻtdi. Oʻshanda Mahathir Mohamad boshchiligidagi hukumat mavjud Kuala Lumpur aeroporti (keyinchalik Subang xalqaro aeroporti, hozirda Sulton Abdulaziz Shoh aeroporti) kelajakdagi talabni qondira olmaydi, degan qarorga keldi. Aeroport qurilishi, asosan, bir nechta davlatga tegishli qurilish kompaniyalari hamda Tan Sri Datuk Lim Kang Hoo boshchiligidagi Ekovest Berhad tomonidan amalga oshirildi. Malayziyaning yirik rivojlanish rejasi – Multimedia Super Corridor tarkibida barpo etilgan. Yangi aeroport terminalining bosh meʼmori etib yaponiyalik meʼmor Kisho Kurokawa tayinlangan.
KLIA qurib bitkazilgach, Subang aeroportining 1-terminali buzib tashlandi. Malaysia Airports qolgan 3-terminalni turboprop va charter samolyotlari uchun maxsus aeroportga aylantirish boʻyicha kelishuvga erishdi, bu hudud atrofida turar-joy va biznes markazlari barpo etildi. KUL IATA aeroport kodi Subang aeroportidan KLIAga oʻtkazildi. Bugungi kunda Subang faqat turboprop samolyotlari, umumiy aviatsiya va harbiy samolyotlarga xizmat koʻrsatadi.
Hozirgi joylashuvi Aeroport oʻtmishda qishloq xoʻjaligi yeri boʻlgan maydonni egallaydi va maydoni boʻyicha dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri. Uch bosqichli rivojlantirish rejasi KLIAda uchta uchish-qoʻnish yoʻlagi va ikkita terminal (har birida ikkitadan yoʻldosh terminali bilan) boʻlishini koʻzda tutadi. Birinchi bosqich sigʻimi 25 million yoʻlovchi boʻlgan asosiy terminal va bitta yoʻldosh terminal va ikkita toʻliq xizmat koʻrsatadigan uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilishini oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqichdagi aeroportda 60 ta bogʻlanish perroni, 80 ta samolyot toʻxtatishiga moʻljallangan 20 ta masofaviy toʻxtash joyi, toʻrtta taʼmirlash angari va oʻt oʻchirish stansiyalari qurildi. Ikkinchi bosqich yoʻlovchilar sonini yiliga 35 milliongacha oshirishni maqsad qilgan va katta qismi yakunlangan. Uchinchi bosqichda yiliga 100 million yoʻlovchini sigʻdira oladigan darajaga yetkazish rejalashtirilgan.
Tantanali ochilishi Kuala Lumpur xalqaro aeroporti rasman 1998-yil 27-iyunda, 1998-yil Hamdoʻstlik oʻyinlari oldidan, Malayziyaning oʻninchi podshohi, Negeri-Sembilan sultoni Tuanku Jaʼafar tomonidan ochilgan.
Biroq, aeroport ochilgan dastlabki kunlarda koʻplab muammolarga duch keldi. Teletrap va samolyot joylashuvi tizimlari ishlamay qoldi, bu esa butun aeroport boʻylab uzun navbatlar hosil boʻlishiga olib keldi. Bagajlarni boshqarish tizimi ishdan chiqdi, natijada yoʻlovchilarning yuklari yoʻqolib, 5–7 soatgacha kutish vaqtlari yuzaga keldi. Ushbu muammolarning aksariyati oxir-oqibat hal qilindi, faqat bagajni qayta ishlash tizimi 2007-yilda toʻliq almashtirish tenderiga qoʻyilgunga qadar muammolarga duch keldi.
Aeroport 1997-yilgi Osiyo moliyaviy inqirozi, 11-sentyabr xurujlari, SARS, parranda grippi, 2007—2008-yillardagi moliyaviy inqiroz, 2009-yil choʻchqa grippi pandemiyasi va COVID-19 pandemiyasi tufayli yoʻlovchilar oqimining kamayishi kabi iqtisodiy inqirozlar sababli katta yoʻqotishlarga uchradi. Bundan tashqari, KLIA taxminan janubi-sharqda joylashgan va xalqaro obroʻga ega Singapurdagi Changi aeroporti bilan raqobatga duch kelmoqda. Ayniqsa, Janubiy Malayziyada (masalan, Johorda) yashovchi yoʻlovchilar koʻpincha KLIAdan koʻra Changi orqali sayohat qilishni afzal koʻradi.
Ochilishning birinchi yilida yoʻlovchilar soni qisqardi, chunki baʼzi aviakompaniyalar, xususan, All Nippon Airways (2015-yil 1-sentyabrda qayta tiklagan), British Airways (2015-yil 28-maydan 2021-yil 28-martgacha qayta tiklagan), Lufthansa (2004-yil 28-martdan 2016-yil 28-fevralgacha qayta tiklagan), oʻz reyslarini toʻxtatdi. Qantas Sidney-Kuala Lumpur yoʻnalishini oʻzining lou-kost shoʻba aviakompaniyasi Jetstarga oʻtkazdi va Jetstar esa bu yoʻnalishni 2008-yilgacha bajargan. Aeroflot 2001-yilda Singapur orqali amalga oshiriladigan Moskva-Kuala Lumpur yoʻnalishini toʻxtatdi, bu yoʻnalishni qayta tiklash boʻyicha munozaralar boʻlgan boʻlsa-da, lekin biror natijaga erishilmagan. Northwest Airlines aviakompaniyasi 2001-yilda Osakadan Kuala-Lumpurga zarar yetkazuvchi yoʻnalishni toʻxtatdi. KLIA toʻliq faoliyat koʻrsatgan birinchi yil – 1999-yilda (quvvati yiliga 25 million yoʻlovchi boʻlgan birinchi bosqichda) 13,2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. 2004-yilda bu koʻrsatkich 21,1 millionga, 2013-yilda esa 47 millionga yetgan, ammo 2003-yilgacha yiliga 25 million yoʻlovchi qabul qilish haqidagi dastlabki prognozga yetib bormagan.
Rebrending 2023-yil 9-fevralda Transport vaziri Anthony Loke Siew Fook hukumat va MAHB KLIA va klia2 ni mos ravishda KLIA 1-terminal va KLIA 2-terminal deb rebrending qilishga kelishib olganini eʼlon qildi. Rebrending bilan bogʻliq toʻliq MAHB tomonidan qoplanadi.
Uchish-qoʻnish yoʻlaklari
Kuala Lumpur xalqaro aeroportida uchta parallel uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud (14L/32R; 14R/32L; 15/33KLIA2 uchun uchib kelishlar uchun faqat 32L, uchib ketishlar esa faqat 14R ishlatishi mumkin.), ularning har biri dan uzunroq va kenglikda. 14L/32R uchish-qoʻnish yoʻlagi , 14R/32L uchish-qoʻnish yoʻlagi , 15/33 uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunlikka ega. Har bir yoʻlakda kamida toʻqqizta taksi yoʻlagi mavjud boʻlib, ulardan foydalanish muddati 2 daqiqadan 11 daqiqagacha oʻzgaradi.
Hozirgi uchta uchish-qoʻnish yoʻlagi soatiga 78 ta qoʻnishni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlib, Kuala-Lumpur parvoz axborot hududi modernizatsiya qilingach, bu raqam 108 tagacha oshirilishi kutilgan edi. Aeroport 14L/32R va 14R/32L yoʻlaklari uchun CAT II darajadagi aniq qoʻnish tizimiga ega boʻlib, u har qanday ob-havo sharoitida, koʻrinish 350 metr (1,150 fut) boʻlganida ham xavfsiz qoʻnishni taʼminlaydi. 15/33 yoʻlagi esa CAT I darajasidagi aniq qoʻnish tizimiga ega boʻlib, eng past koʻrinish darajasi 900 metr (2 953 fut) boʻlganida ham qoʻnishni amalga oshirish imkonini beradi. Ushbu uchish-qoʻnish yoʻlaklari havo harakatining talablariga muvofiq turli uchish/qoʻnish rejimlarida ishlaydi.
Faoliyati va infratuzilmasi Kuala Lumpur xalqaro aeroporti zamonaviy dizayn xususiyatlariga ega boʻlib, uning samarali ishlashiga yordam beradi. Aeroport 100% shtrix-kodli bortga chiqish pasportlari tizimini joriy qilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi dastlabki aeroportlardan biri. Malaysia Airlines"Malaysia Airlines Recovery Plan Quarterly Update (1 Sept-30 Nov 15) ." Malaysia Airlines. Retrieved on 5 May 2016.; AirAsiaChan Tien Hin. „AirAsia Has Record Drop on Loss, Analyst Downgrade.“ Bloomberg L.P.. 1 December 2008. Retrieved 27 September 2009.; kargo aviakompaniya – MASkargo"Location Map ." MASkargo. Retrieved 22 February 2010. "Malaysia Airlines Cargo Sdn. Bhd. 1M, Zone C, Advanced Cargo Centre KLIA Free Commercial Zone, Southern Support Zone Kuala Lumpur International Airport 64000 Sepang Selangor, Malaysia „ va Malayziya aeroportlari operatori va boshqaruvchisi boʻlgan Malaysian Airports kompaniyalarining bosh ofislari KLIA hududida joylashgan“Contact Information ." Malaysia Airports. Retrieved 23 May 2011. „Malaysia Airports Holdings Berhad Malaysia Airports Corporate Office, Persiaran Korporat KLIA, 64000 KLIA, Sepang, Selangor.“. Malaysia Airlinesning Parvozlarni boshqarish binosi ham KLIAda joylashgan"Contact." Malaysia Airlines. Retrieved 31 October 2012. „MAS Golden Boutiques Sdn. Bhd. 1st Floor, MAS Flight Management Building 64000 Sepang, Kuala Lumpur International Airport Selangor, Malaysia“.
Havo harakatini boshqarish minorasi
Kuala Lumpur xalqaro aeroportida ikkita havo harakatini boshqarish minoralari mavjud: ikkita asosiy boshqaruv minorasi (Sharqiy minora va Gʻarbiy minora) va perronni boshqarish minorasi. Sharqiy minora aeroport faoliyati boshlanganidan beri mavjud boʻlib, balandligi 130 metrni tashkil etadi. U ikkita asosiy uchish-qoʻnish yoʻlagi harakatini boshqaradi. 133,8 metr balandlikdagi Gʻarbiy minora dunyodagi eng baland havo harakatini boshqarish minorasi hisoblanadi. Undan keyin Bangkokdagi Suvarnabhumi aeroporti minorasi va KLIA Sharqiy minorasi turadi. Biroq hozirda bu rekord Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz xalqaro aeroporti tomonidan yangilangan boʻlib, u 136 metr balandlikka ega. Ikkalasi ham Olimpiya mash’alasiga oʻxshaydi, unda havo harakatini boshqarish tizimlari va radar uskunalari joylashgan.
55 metrli Perronni boshqarish minorasi yoʻldosh terminali binosining shimoliy va janubiy qismlarida hamda yuk perroni hududlarida havo kemalari va transport vositalari harakatiga Havo harakati xizmatini taqdim etish uchun javobgardir.
Bagajga ishlov berish tizimi Aeroportning bagajga ishlov berish tizimi (BHS) 24 soat asosda 216 ta peshtaxtaning istalgan birida bagajni umumiy roʻyxatga olish imkoniyatini beradi va shtrix-kodni avtomatik tartiblash boshqaruvini, 4-darajali yuklarning xavfsizlik skriningini va yuqori tezlikdagi konveyer lentalarini oʻz ichiga oladi.
Bagajga ishlov berish tizimi Toyo Kanetsu kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u Belt Carry Sorter, Triplanar, Hinged Diverter, Horizontal Sliding Belt Diverter va FOD (begona jismlarni aniqlash tizimi) kabi mexanizmlarni oʻz ichiga oladi. 2006-yilda Siemens kompaniyasi asosiy terminal binosidagi ERL (Ekspress temir yoʻl aloqasi) va yoʻldosh binosi orasida bagajga ishlov berish tizimini yangilash boʻyicha shartnomani qoʻlga kiritdi. Siemensning yangi tizimi bagajlarni soatiga 36 km tezlik bilan tashishga imkon yaratdi, oldingi tizim esa soatiga 7,2 km tezlikda tashiy olardi. Yangi tizim yuqori tezlikda harakatlanadigan patnisli konveyer tizimidan foydalanadi, bunda sumkalar alohida patnislarga joylashtiriladi, bu esa ularni anʼanaviy lenta konveyerlariga qaraganda yaxshiroq nazorat qilish va kuzatishga imkon beradi. Bu tizim KLIA Express operatori, ERL Berhad yangi qulaylikni joriy etgandan soʻng, bagajlarning KL Sentral stansiyasida tekshirib chiqilishi imkoniyatini yaratdiSiemens. Siemens equips Kuala Lumpur Airport with high-speed baggage handling system . April..
1-terminaldagi bagajga ishlov berish tizimiga quyidagilar kiradi:
8 ta qisqa muddatli bagaj roʻyxatga olish peshtaxtalari; 8 ta avtobus va poyezd stansiyalaridagi bagaj roʻyxatga olish peshtaxtalari; 3 bosqichli xavfsizlik tekshiruvi tizimi; Erta roʻyxatdan oʻtgan bagajlar uchun saqlash joyi (1 200 ta bagaj sigʻimi); 17 ta bagaj olish konveyer lentasi;