Sulton masjidi (kirillcha:Солтан мәчете; ilgari Cihanşa bay Mosque, Qizil masjid, Ğosman masjidi, Sakkizinchi masjid, ruscha Sulton yoki Султановская мечеть deb ham atalgan) – Rossiyaning Qozon shahridagi masjid.
Tarixi Masjid 1868-yilda savdogar Cihanşa Ğosmanovning mablagʻi hisobiga qurilgan. Masjid tatar – bulgʻor oʻrta asr meʼmorchiligi anʼanalari asosida milliy romantik uslub bilan uygʻunlashgan holda qurilgan. Entresolli bitta zal mavjud. Uch qavatli minora kiraverishda joylashgan.
1931-yil 11-noyabrda masjid Sovet hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan. 1990-yilda minora qayta tiklangan, 1994-yilda masjid dindorlarga qaytarib berilgan.
Galereya
Yana qarang
Tataristonda islom Rossiyada islom Rossiyadagi masjidlar roʻyxati Yevropadagi masjidlar roʻyxati Manbalar
Turkum:Qozondagi masjidlar