2026-yilgi Qishki Olimpiada doirasidagi juftliklar figurali uchish musobaqasi 15 va 16-fevral kunlari Milandagi Forum di Milano muz saroyida boʻlib oʻtdi. Yaponiya vakillari Riku Miura va Ryuichi Kihara oltin medalni qoʻlga kiritdi. Gruziya vakillari Anastasiia Metelkina va Luka Berulava kumush medalni, Germaniya vakillari Minerva Fabienne Hase va Nikita Volodin esa bronza medalni qoʻlga kiritdi. Bu Yaponiya jamoasi juftliklar figurali uchish boʻyicha Olimpiada medalini ilk bor qoʻlga kiritgan holat, shuningdek, Gruziya tarixida qoʻlga kiritilgan ilk qishki Olimpiada medali boʻldi.

Tarixi 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Rossiya va Belarus jamoalarini Olimpiya qoʻmitalarini chetlatdi. Rossiya Figurali uchish federatsiyasi va Belarusning Konkida uchish ittifoqiga 2026-yilgi Qishki Olimpiadaga Alohida neytral sportchilar (AIN) sifatida saralash yoʻli bilan kirish uchun Skate to Milano musobaqasida ishtirok etish uchun har bir yoʻnalishdan bittadan sportchi yoki jamoani nomzod qilib koʻrsatishga ruxsat berildi. Har bir nomzod Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini faol qoʻllab-quvvatlagan yoki qoʻllab-quvvatlamagani, shuningdek Rossiya yoxud Belarus harbiylari hamda boshqa milliy xavfsizlik idoralari bilan shartnomaviy aloqalari bor-yoʻqligini aniqlashga qaratilgan maxsus tekshiruv jarayonidan oʻtishi shart edi. 2026-yilgi Qishki Olimpiadada Rossiya ham, Belarus ham juftliklar jamoalarisiz qatnashgan.

2026-yilgi Qishki Olimpiadadagi juftliklar figurali uchish musobaqasi 15 va 16-fevral kunlari Italiyaning Milan shahridagi Forum di Milano muz saroyida boʻlib oʻtdi. Jamoaviy bahsning ikkala segmentida ham gʻalaba qozongan Yaponiya vakillari Riku Miura va Ryuichi Kihara oltin medal uchun eng ehtimolli nomzodlar sifatida koʻrildi. Miura va Kihara ikki karra jahon chempioni boʻlib, shuningdek, 2022 va 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi jamoaviy bahslarda ikki marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ikkinchisida juftliklar segmentining har ikkisini ham yutishdi.

42 yoshida Kanada vakili Deanna Stellato-Dudek Olimpiadada figurali uchish boʻyicha ishtirok etgan eng yoshi katta ayol boʻldi. U oʻsmirlik paytida yakkalikda uchish yoʻnalishida qatnashib, 1999-yilgi Junior Grand Prix Finalda oltin va 2000-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan, soʻng 2001-yilda jarohat sababli sportni tark etgan. U 2016-yilda juftlik sportchisi sifatida muzga qaytdi: avval Nathan Bartholomay bilan AQSh sharafini himoya qildi, keyin esa Maxime Deschamps bilan Kanada sharafini himoya qildi. 2024-yilda u figurali uchish boʻyicha jahon chempionatida oltin medal yutgan eng yoshi katta ayolga aylandi. Rekord oʻrnatgan yutugʻi haqida gapirar ekan, Stellato-Dudek shunday dedi: „Bu men juda faxr bilan qabul qiladigan narsa. Umid qilamanki, boshqalar ham nafaqat sportda, balki hayotning boshqa jabhalarida ham faliyatlarini ancha uzoqroq davom ettirishga mendan ilhom oladi“. 2025-yilgi John Nicks juftliklar musobaqasida Stellato-Dudek Deschamps yordami bilan backflip (chalqancha sakrash) elementini ijro etdi. Fransiya vakili Surya Bonalyni ilhom manbai sifatida tilga olgan Stellato-Dudek 2024-yilda backflip figurali uchishda ruxsat etilgan elementga aylangandan beri uni ijro etgan ilk ayol boʻldi. 2-fevral kuni Skate Canada Stellato-Dudek mashgʻulot vaqtida jarohat olgani sababli u va Deschamps jamoaviy bahsda qatnashmasligini, biroq juftliklar bahsi boʻyicha hali qaror qabul qilinmaganini maʼlum qildi. Keyinchalik u tibbiy koʻrikdan oʻtib, musobaqada qatnashishga ruxsat oldi. Ular Milanga kelganidan soʻng, u va Deschamps oʻzlarining qisqa dasturi tarkibida backflipni ijro etmasligi ham tasdiqlandi.

Saralash

Juftliklar bahsi uchun 15 ta kvota oʻrni 2025-yilgi figurali uchish boʻyicha jahon chempionati natijalari asosida taqsimlandi. Qoʻshimcha uchta oʻrin Skate to Milanoda berildi. Oʻzbekiston dastlab juftliklar bahsi uchun bitta kvota oʻrnini qoʻlga kiritgan edi: Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigiryov 2025-yilgi jahon chempionatida oʻninchi oʻrinni egallagandi. Biroq Geynish va Chigirev hamkorlikni yakunlagach, bu oʻrin Fransiyaga qayta taqsimlandi va ular musobaqaga Camille Kovalev hamda Pavel Kovalevni yuborishni tanladi.

+Juftliklarda uchish boʻyicha kvota oʻrinlari Musobaqa Har bir MOQuchun jamoalar Saralangan MOQlar Jamijamoalar 2 15 1 Skate to Milano 1 4 Skate to Milano – Qayta taqsimlash Jami 19

Majburiy ijro elementlari Juftliklar qisqa dasturni 15-fevral kuni ijro etdi. 2 daqiqa 40 soniyadan ortiq boʻlmagan ushbu dastur quyidagi elementlardan iborat boʻlishi kerak edi: bitta juftlik koʻtarilishi (pair lift), bitta ikki yoki uch martalik burama koʻtarish (twist lifts), bitta ikki yoki uch martalik uloqtirish sakrashi (throw jumps), bitta ikki yoki uch martalik yakka sakrash, oyoq almashinuvi bilan bajariladigan bitta yakka kombinatsion pirueta (solo spin combination), bitta „oʻlim spirali“ (death spiral) va butun muz maydonidan foydalanilgan qadamlar kombinatsiyasi.

Eng yuqori ball olgan dastlabki oʻn olti jamoa 16-fevral kuni erkin dasturni ijro etdi. Erkin dastur 4 daqiqadan oshmasligi kerak edi,va quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart edi: uchta juftlik koʻtarilishi (ulardan bittasi burama koʻtarilish boʻlishi kerak), ikki xil uloqtirish sakrashi, bitta yakka sakrash, bitta kombinatsion yoki ketma-ket sakrash, bitta juftlik kombinatsion piruetasi (pair spin combination) bitta „oʻlim spirali“ (death spiral) va bitta xoreografik kombinatsiya.

Baholash 2025–2026 mavsumida figurali uchishdagi barcha texnik elementlar— masalan, sakrashlar va piruetalar (spin) – oldindan belgilangan bazaviy qiymatga ega va soʻngra ularning ijro sifati boʻyicha yetti yoki toʻqqiz nafar hakam tomonidan −5 dan 5 gacha ball shkalasida baholanadi. Hakamlar hayʼatining Ijro darajasi (GOE) eng yuqori va eng past baholar chiqarib tashlanib, qolgan baholarning oʻrtacha qiymati – chekka qiymatlari olib tashlangan oʻrtacha qiymat (trimmed mean) yordamida hisoblanadi. Bu GOE element bazaviy qiymatiga qoʻshilib, ushbu element uchun yakuniy ballni beradi. Barcha elementlar boʻyicha olingan ballar yigʻindisi natijada texnik elementlar umumiy ballini hosil qiladi. Shu bilan bir vaqtda hakamlar har bir chiqishni uchta dastur komponenti: uchish mahorati, taqdimot va kompozitsiya boʻyicha – 0,25 dan 10 gacha 0,25 qadam bilan baholaydilar. Har bir dastur komponenti boʻyicha yakuniy ball ham chekka qiymatlari olib tashlangan oʻrtacha orqali aniqlanadi. Bu ballar quyidagi jadvalda koʻrsatilgan koeffitsientlarga koʻpaytiriladi va natijalar yigʻilib, dastur komponentlarining umumiy balli hosil qilinadi.

+Dastur komponentlarini koʻpaytirish omillari Yoʻnalish Qisqa dastur ritm raqsi Ixtiyoriy dastur ixtiyoriy raqs Juftliklar 1,33 2,67 Vaqt meʼyorini buzish, toʻxtash va dasturni qayta boshlash, yiqilish kabi ayrim qoidabuzarliklar uchun chegirmalar qoʻllaniladi. Texnik elementlar umumiy balli va dastur komponentlari umumiy balli yigʻilib, undan chegirmalar ayrilgach, har bir sportchi yoki juftlik uchun yakuniy chiqish balli hisoblanadi.

Natijalar

Qisqa dastur

+Juftliklarning qisqa dastur natijalari Jamoa Mamlakat 180.0143.9136.109.079.148.93 275.4641.4534.018.508.468.61 374.6042.2032.408.048.328.00 473.8741.3432.538.188.078.21 573.1138.1434.978.938.578.79 672.6639.2833.388.438.468.21 771.8738.8133.068.328.398.14 871.7037.2234.488.688.718.54 970.0639.0031.067.897.867.61 1069.0838.2930.797.797.867.50 1167.5237.7229.807.367.547.50 1266.2738.1628.116.897.007.25 1366.0736.9929.087.367.327.18 1466.0434.9732.078.187.938.00 1565.2336.5828.657.117.397.04 1664.6535.9928.667.327.117.11 1764.0736.8727.206.716.866.89 1860.6932.8527.847.046.936.96 1959.6231.4630.167.687.257.75

Erkin dastur Qisqa dasturda beshinchi oʻrinni egallagach, Yaponiya vakillari Riku Miura va Ryuichi Kihara birinchi oʻringa koʻtarildi, ular erkin dasturda yangi jahon rekordini qayd etdi va Yaponiya uchun juftliklarda figurali uchish boʻyicha tarixdagi ilk Olimpiada medalini qoʻlga kiritdi. Kiharaning aytishicha: „Biz hali ham kechagi chiqishimizdan [qisqa dasturdagi] keyin bunday boʻlganiga ishonolmayapmiz. Boʻlgan voqeadan ancha hafsalamiz pir boʻlgandi, ammo bugun qanday uchganimizdan juda xursandmiz. Juftliklar figurali uchish boʻyicha Yaponiyaga ilk bor medal olib berganimizga hali ham ishona olmayapmiz“.

Anastasiia Metelkina va Luka Berulava ikkinchi oʻrinni egalladi, ularning kumush medali Gruziya tarixidagi ilk qishki Olimpiada medali boʻldi. +Juftliklarning erkin dastur natijalari Jamoa Mamlakat 1158.1382.7375.409.469.329.46 2146.2976.2870.018.798.688.75 3141.3975.5065.898.328.118.25 4139.0869.8269.268.798.548.61 5135.9868.5967.398.468.398.39 6131.4964.2667.238.468.298.43 7130.2568.5062.757.827.897.79 8126.5966.9560.647.507.647.57 9126.5761.7564.828.188.147.96 10125.0662.8363.238.077.757.86 11122.7862.3360.457.647.647.36 12122.7160.8263.898.147.758.04 13120.6363.3357.307.217.217.04 14114.3959.8855.517.046.757.00 15113.7858.7156.077.007.007.00 16112.9955.9657.037.327.047.00

Umumiy natija +Juftliklarning natijalari Reyting Sportchi(lar) Mamlakat Jami QD ED 231.24573.111158.13 221.75275.462146.29 219.09180.014139.08 4215.26473.873141.39 5208.64672.665135.98 6203.19871.706131.49 7200.31970.067130.25 8199.66374.6010125.06 9194.58771.8712122.71 10194.111167.528126.59 11192.611466.049126.57 12191.861069.0811122.78 13185.861565.2313120.63 14180.661266.2714114.39 15179.061366.0716112.99 16178.431664.6515113.78 17 64.07 17 64.07 Did not advanceto free skate 18 60.69 18 60.69 19 59.62 19 59.62

Recordlar

Ushbu musobaqa davomida quyidagi yangi rekord darajadagi ballar qayd etildi.

+ Sana Sportchi(lar) Musobaqa turi Segment Ball 16-fevral Juftliklar Erkin dastur 158.13

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Jamoaviy musobaqalar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi aralash musobaqalar Turkum:2026-yilda figurali uchish Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpisda oʻyinlarida figurali uchish