Wadi El Gemal milliy bogʻi () — Misrdagi milliy bogʻ. Parkning umumiy maydoni boʻlib, shundan qismi quruqlikka, qismi esa dengiz hududiga toʻgʻri keladiWadi el Gemaal – Hamata National Park, Protected Planet.
Bioilxilma-xilligi Parkning sohil boʻyi hududi 450 turdagi marjonlar, krestatsiyalar va boshqa koʻplab suv osti jonzotlaridan iborat boy marjon riflariga ega. Shuningdek, bu yerda 1200 dan ortiq baliq turlari yashaydi. Suv osti oʻsimliklari yoʻqolib borayotgan dyugon va yashil toshbaqalar uchun muhim oziq-ovqat manbai hisoblanadi.
Bogʻning janubiy qismida Qizil dengizdagi eng katta mangra oʻrmonlari joylashgan. Quruqlik ichkari qismi esa choʻl iqlimiga moslashgan hayvonlar, jumladan, yovvoyi qoʻy, dorcas geyik, jerboa va Nubiya togʻ echkisi kabi sutemizuvchilarga uy hisoblanadi.
Tarixi Park hududida tarixdan oldingi qoyatosh rasmlari hamda Ptolomeylar va Rim davriga oid xarobalar saqlanib qolgan; Mons Smaragdus esa Qadimgi Misr davriga borib taqaladigan kichik konchilik jamoalari joylashgan hududdir.
Vadi el-Jemal bogʻiga 2003-yilda asos solingan boʻlib, u Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN)ning II toifasidagi bogʻlar qatoriga kiradi.
Manbalar
Tashqi linklar Misr Atrof-muhit vazirligi — Tabiiy muhofaza hududlari tavsifi
Turkum:Misrning muhofaza etiladigan hududlari