Qirol Fahd masjidi () – Saudiya Arabistonining ar-Riyod shahri, al-Malaz mahallasida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjid. 1993-yilda ar-Riyod shahri Qirollik komissiyasi tomonidan qurilgan va qurilish ishlari shaxsan qirol Fahd ibn Abdulaziz as-Saud tomonidan moliyalashtirilgan.
Tarixi Masjid 1993-yilda ar-Riyod shahri Qirollik komissiyasi tomonidan qurilgan boʻlib, bino qurilishini moliyalashtirgan qirol Fahd ibn Abdulaziz sharafiga nomlangan. Najdiy meʼmorchiligining elementlarini oʻzida mujassam etgan ushbu bino Qirol Saud universiteti tomonidan masjid meʼmorchiligi boʻyicha simpozium mukofoti sovrindori hisoblanadi.
Masjidda Roʻza va Qurbon hayiti kabi diniy bayramlar oʻtkaziladi.
Masjid maydoni 0,97 gektarni tashkil qiladi va 2000 namozxonni sigʻdira oladi. Masjid hududida, shuningdek, ayollar uchun alohida namoz oʻqish xonasi ham mavjud.
Masjid 2024-yilning mart oyida Sharqiy provinsiyaning sobiq gubernatori va Qirol Fahd jamgʻarmasi raisi shahzoda Muhammad bin Fahd al-Saudning koʻrsatmasiga binoan qayta tiklangan.
Manbalar
Turkum:Saudiya Arabistonidagi 20-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar