Riyeka masjidi (xorvat va bosniancha: Džamija u Rijeci) – Xorvatiyaning Riyeka shahrida 2009—2013-yillar oraligʻida qurilgan masjid.
Masjid 10 816 kvadrat metr maydonda qurilgan Islom madaniyat markazining bir qismi boʻlib, uning oʻzi 5 291 kvadrat metrlik maydonni (shundan 3 612 kvadrat metr yopiq maydon) egallaydi.
Masjidning gumbazi beshta alohida qismdan iborat boʻlib, ular vizual ravishda bitta obyektni tashkil etadi. Loyihani dastlab arxitektor emas, balki haykaltarosh Dušan Džamonja tomonidan yaratgan. Džamonja avval masjidning miniaturaviy maketini yaratgan, soʻngra Branko Vučinović va Darko Vlahović bilan hamkorlikda, oʻzining modelini hayotga tatbiq etgan.
Loyihaning umumiy qiymati 76 million Xorvatiya kunasini tashkil etdi va bu ishda Qatar davlatining sezilarli hissasi boʻlgan. Xorvatiya ommaviy axborot vositalari binoni Yevropadagi eng goʻzal masjidlardan biri deb taʼriflagan. Manbalar